JOMBOY DON MAHSULOTLARI

DIQQAT!

Bugungi kunda dunyoda keng tarqalib borayotgan koronavirus epidemiyasi Xitoydan tashqari ko‘pgina davlatlarda aniqlangan bo‘lib, ushbu epidemik vaziyat kun sayin o‘zgarib, kasallik shiddat bilan boshqa davlatlarga ham tez tarqalmoqda.
Shundan kelib chiqib, koronavirus kasalligini oldini olish maqsadida korxonadagi mavjud bino va inshootlarni, ishlab chiqarish sexlarini kunlik tozaligiga e’tibor qartish, ishchilarning umumiy ovqatlanish va yuvinish xonalarini sanitariya gigiena talablariga mos ravishda saqlash, xodimlarni doimiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib borish hamda barcha xodimlarning infeksiyadan himoyalash vositasi sifatida og‘iz va burun uchun mo‘ljallangan tibbiy niqobni taqib yurishni nazoratga olib  borish talab etiladi.
Koronavirusni tarqalishini oldini olish maqsadida uni profilaktikasi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqarilgan tavsiyalar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.