JOMBOY DON MAHSULOTLARI

JAMIYAT HAQIDA

 

Jamiyat toliq nomi
“JOMBOY DON MAHSULOTLARI” Аksiyadorlik jamiyati

Jamiyat joylashgan yeri
O’zbekiston Respublikasi,140400, Samarqand viloyati, Jomboy tumani, Jomboy shahri, Buyuk ipak yo’li ko’chasi,1-uy

Jamiyat tarixi
1995 yil 3 may – jamiyat, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 22 aprel «O’zdonmahsulot» Davlat Konsernini «O’zdonmahsulot” Davlat aksiyadorlik Korporatsiyasiga qayta tuzish to’g’risida»gi PF-840-sonli Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1994 yil 23 fevraldagi “Qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 88-sonli qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo’llab quvvatlash qo’mitasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasining 1995 yil 15 martdagi 74-k-PO-sonli buyrig’iga asosan tashkil topildi.
2014 yil 15 sentyabr – “JOMBOY DON MAHSULOTLARI” Ochiq aksiyadorlik jamiyatidan “JOMBOY DON MAHSULOTLARI” Aksiyadorlik jamiyati shaklida qayta ro’yxatdan o’tkazildi.

Jamiyat faoliyatining maqsadi va sohasi (asosiy yo’nalishlari)
Jamiyatning asosiy maqsadi umumho’jalik faoliyatidan foyda olish hisoblanadi.
Jamiyat faoliyatining sohasi quidagilardan iborat:
– don mahsulotlari, un mahsulotlari, halq mollarini ishlab chiqarish va sotish, turli korxona, tashkilot va fuqarolarga turli xizmatlar ko’rsatish;
– fermer xo’jaliklari, qishloq xo’jalik korxonalari va shaxsiy tomorqa xo’jaliklarida etishtirilgan don mahsulotlarini qabul qilish, saqlash va qayta ishlash;
– g’alla urug’lik donini tayorlash va ekish uchun qishloq xo’jaligi korxonalari va shaxsiy tomorqa xo’jaliklariga etkazib berish;
– un va un mahsulotlarini ishlab chiqarish, qadoqlash hamda korxona, tashkilot va aholiga etkazish, sotish;
– omuxta yem, un yormasi ishlab chiqarish.

Ustav fondi
Jamiyat Ustav fondi 579 457 600 so’mni tashkil qiladi hamda nominal qiymati 1 600 so’m bo’lgan 361 809 dona oddiy aksiya va 352 dona imtiyozli aksiyalarga bo’lingan.

Tashkiliy tuzilmasi
Jamiyat yuqori boshqaruv organi – jamiyat aksiyadorlarning Umumiy yig’ilishi.
Jamiyat faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish boshqaruv organi (qoninchilik va Jamiyat Ustavi bilan aksiyadorlar Umumiy yig’ilishining vakolat doirasiga kiritilgan masalalarni xal etish bundan ) – jamiyat Kuzatuv kengashi.
Jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik qilish boshqaruv organi – ijroyiya organi: Boshqaruv Raisi.
Jamiyatning faoliyatini nazorat qiluvchi organlari – jamiyat Taftishchi va Ichki audit xizmati.

Infratuzilma
Jamiyat yer maydoni 10,88 gektarni tashkil qiladi. Jamiyat xududida ma’muriy binosi, ishlab chiqarish bino va inshootlar hamda boshqa infratuzilmaviy obyektlar mavjud.